04.04.2022 627

O‘zJOKUda navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining navbatdagi kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan bir qator doktorantlar universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja tomonidan taqdirlandilar.

Yig‘ilishda professor Sherzodxon Qudratxo‘ja so‘zga chiqib, universitet ahli ilm yo‘lida tinmay mehnat qilayotgan professor-o‘qituvchilar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilari bilan faxrlanishini, bu murakkab yo‘lni o’z ilmi va qat’iyati ila bosib o‘tib, universitet ilmiy salohiyatini ko‘tarishga hissa qo‘shayotganlari uchun ulardan minnatdor ekanini izhor etdi. Shuningdek, muddatidan avval va o‘z vaqtida ilmiy ishlarini himoya qilayotgan doktorantlarga belgilangan miqdorda pul mukofotlari taqdim etilishi haqida ham ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilish davomida universitetning bir qator tadqiqotchilari xorijiy tillar bo‘yicha malaka oshirish sertifikatlarini qo‘lgan kiritishgani uchun ham alohida taqdirlandilar.

Universitet jamoasi nomidan:
Sadoqat Mahsumovani - Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori;
Gulnoza Jo‘raqulovani - Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori;
Azer Adigezalov - Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olganlari bilan chin dildan muborakbod etamiz. Ularga ilm olamida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Bo'lishmoq: