14.07.2022 423

O‘zJOKUda navbatdagi ilmiy kengash bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengashda universitetning yil yakunlari bo‘yicha xisobotlari, o‘quv va ilmiy ishlar borasidagi turli masalalar bilan birga taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Xabaringiz bor, 27-iyun “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan davlatimiz rahbari tomonidan jurnalistika sohasida faoliyat yuritib kelayotgan bir qator mutaxassislar faxriy unvonlar bilan mukofotlandilar.

Ular orasida jurnalistika sohasida tahsil olgan ko‘pchilik uchun juda yaxshi tanish bo‘lgan yozuvchi, professor Muxtor Xudoyqulov ham bo‘lib, ustoz “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni bilan taqdirlandilar.

Bugun universitet jamoasi jam bo’lib, professor Muxtor Xudoyqulovni ushbu faxriy unvon bilan qutlab, ularga o‘zlarining iliq tilaklarini bildirishdi. Universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja tabriklar so‘ngida Muxtor Xudoyqulovning ko‘p yillik mehnatlari Prezidentimiz tomonidan munosib baholangani bilan qutlab, ularga sog‘lik, salomatlik va yanada baland ijodiy parvozlar tiladilar hamda ustozga universitet ularni doim har jihatdan qo‘llab quvvatlashga tayyor ekanini izhor etdilar.

Bo'lishmoq: