09.02.2022 453

O‘zJOKUda Navoiyxonlik

Bugun Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Axborot-resurs markazi jamoasi, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda universitetning 1-bosqich talabalari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dotsent Latofat Toshmuhamedova Alisher Navoiy ijodi haqida fikr bildirdilar, kafedra o‘qituvchisi Zafar Rustamov va talabalar esa Navoiy qalamiga mansub ruboiy va g‘azallar bilan bahru bayt uyushtirdilar.

Tadbir doirasida Axborot resurs markazi rahbari Barno Sotiboldiyeva tashabbusi bilan markazda Alisher Navoiy asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Bo'lishmoq: