10.06.2021 1051

O‘zJOKUda shaxmat maktabi o‘z ishini boshladi!

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja tashabbusi bilan tashkil etilgan universitet shaxmat maktabiga bugun O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasidan mutaxassis taklif etildi. Universitetga biriktirilgan “Matonat”, “Yangi ariq”, “Adolat” va “Tiklanish” mahallalaridan kelgan shaxmatga qiziquvchi kichkintoylarga Shaxmat Federatsiyasi vakili professional shaxmatning sir asrorlarini o‘rgatdi. Qiziqarli saboqlarni o‘zlashtirgan bolalar kun davomida bir birlarini “mot” qilish bilan band bo‘lishdi. Eslatib o‘tamiz, universitetning shaxmat maktabi darslari haftaning har payshanba kunlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Bo'lishmoq: