O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha stajyor-tadqiqotchilikka qabul boshlandi.
Hujjatlar 2020-yil 6-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2021-yilda qabul qilinadigan izlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar https://mininnovation.uz/uz/doctorate bazasida onlayn qabul qilinadi.
Hurmatli stajyor-tadqiqotchilikka talabgorlar! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 696-son qarori bilan stajyor-tadqiqotchilik instituti tashkil etildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi 2020-yil 26-noyabrdagi 37-sonli bayoni bilan tizimida OTM yoki ilmiy tashkilotlari mavjud vazirlik va idoralari bilan kelishilgan holda 2021-yil uchun stajyor-tadqiqotchilikka qabul kvotasi taqsimlandi. Shu munosabat bilan stajyor-tadqiqotchilikka 2020-yilning 6-dekabrgacha phd.mininnovation.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.
Stajor-tadqiqotchilikka qabul qilish talablari:
Stajyor-tadqiqotchilikka o‘qishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:
O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli xujjat nusxasini taqdim etadilar.