“Odamlar lider va boss o‘rtasida qanday farq borligini so‘rashadi. Lider ochiqlik xolatida ishlasa, boss yopiqlik xolatida ishlaydi. Lider yetaklasa, boss quvib ishlatadi". Agar siz lider bo‘lsangiz, unda sizda bunday imkoniyat bor.
O‘zJOKU ma’muriyati O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yetakchiligiga saylov e’lon qiladi.
Unda siz yoshlar yetakchisi bo‘lish bilan birga universitet rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimiga ham ega bo‘lasiz.
Nomzodlar o‘zlari haqidagi ma’lumotnomani quyidagi elektron manzilga: pressservice.jmcu2018@gmail.com yoki yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i Laylo Turayevaning telegram manziliga (@laylo0609) ga yuborishingiz mumkin.
Hujjatlar 6-noyabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot olish uchun bu yerga bosing!