30.03.2022 792

O‘zJOKUda tantanali Navro‘z bayrami o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Assalom, Navro‘z-yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi” shiori ostida tantanali bayram marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda diplomatik korpus vakillari, mamlakatimizda faoliyat yurituvchi barcha turdagi ommaviy axborot vositalarining vakillari, xususan, O‘zbekiston milliy teleradiokopmaniyasi tarkibiga kiruvchi barcha telekanallar, O‘z EOAVMA tarkibidagi OAVlar, elektron saytlar, axborot xizmatlari va gazeta jurnallarning ijodiy jamoalari, taniqli jurnalistlar, O‘zJOKU bilan doimiy hamkorlik qiluvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Bayramni O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja bayram tabrigi bilan ochib berdi. Tadbirda milliy sport o‘yinlari musobaqasi, milliy cholg‘u asboblari ijrosi, san’atkorlarning chiqishlari, dorbozlar, masxarabozlar chiqishlari, milliy raqslar va taomlar namoyishi bilan birga turli millat va elatlar madaniyatlarini taqdim etuvchi chiqishlar ham mehmonlar e’tiboriga havola etildi.

Mehmonlar bir-biridan mazali o‘zbek milliy taomlari bilan birgalikda, O‘zJOKU da tuni bilan pishib yetilgan xushta’m sumalak va palovxonto‘ra bilan mehmon qilindi.

Bo'lishmoq: