31.08.2022 295

O‘zJOKUda vazirlar mehmon bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov hamda Xalq ta‘limi vaziri Baxtiyor Saidov mehmon bo‘lishdi.

Ikki vazirni O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja universitetning yangi rejalari, kelayotgan yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishtirdi.

Mehmonlar universitetning yangi loyihalari bilan tanishib, O‘zJOKU faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Bo'lishmoq: