10.04.2021 746

O‘zJOKUda Xalqaro mehmonlar tashrifi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Belorus davlat universiteti prorektori Kozadayev Konstantin Vladimirovich va universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha ma’sul xodimi Juk Aleksandr Vasiliyevich tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsad, Belorus davlat universitetining jurnalistika fakulteti hamda jurnalistika universiteti o‘rtasida soha bo‘yicha bakalavr, magistratura, doktaranturada qo‘shma ilmiy loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish masalalarini muhokama etish.

Shu bilan birga, uchrashuv chog‘ida Belorus davlat universitetining pedagogika sohasidagi yutuqlarini inobatga olgan holda universitetda jurnalistik taʼlimni amalga oshirish,  taʼlimdagi o‘zgarishlar, malaka oshirish kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy jarayonlar va g‘oyalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Belorusiyalik mehmonlardan universitetimiz radiosi uchun talabalarimiz tomonidan maxsus intervyu ham yozib olindi. Unda oliy taʼlimdagi hamda jurnalistika sohasidagi o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Bo'lishmoq: