Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti qoshida yangi tashkil etilayotgan xorijiy tillar markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Til markaziga bevosita universitetning Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari jalb qilingan boʻlib, hozirda Xorijiy tillar kafedrasida 40 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Barcha o‘qituvchilar C1 darajadagi til bilish sertifikatiga ega. Xozirda til markazida 10 yaqin xorijiy tillarni o‘qitish rejalashtirilgan. Bular: o‘zbek, ingliz, nemis, fransuz, ispan, arab, turk, xitoy, koreys tillari, rus tillaridir. Foydalanishga topshirilgan til markazida jami 8 ta auditoriya bo‘lib, ular bir vaqtni o‘zida 120 nafar talabaga til o‘rgatish imkonini beradi. Barcha xonalar zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan, tilni o‘rganishga va o‘qitishga barcha sharoitlar mavjud.
Ochilish marosimi 21-oktyabr Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga ulanib ketdi. Tadbirda universitet rektori Sherzodxon Qudratxoʻja oʻzbek tili borasidagi qimmatli fikrlari bilan oʻrtoqlashib, yigʻilganlarni bayram bilan samimiy qutladi. Tadbir badiiy chiqishlar, sahna koʻrinishlari bilan esda qolarli ajoyib tarzda oʻtkazildi.