Bugun O‘zJOKUda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan 14-15-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mehmon bo‘ldi.
Universitetga kelgan bolalar O‘zJOKU bilan yaqindan tanishib, yaratilgan sharoitlardan katta motivatsiya olishdi, ayniqsa, jurnalistikaga qiziqqan yoshlar uchun bu tashrif katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu o‘quv-yili O‘zJOKU teleradio jurnalistika yo‘nalishiga davlat granti asosida qabul qilingan 14-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Nurposhsha Tursunboyevaning talaba bo‘lishi ham tarbiyalanuvchilar uchun katta motivatsiya bo‘ldi. O‘zlarining maktabdoshlari qanday sharoitda tahsil olayotgani, dars xonalar, amaliyot studiyalari bilan tanishish ham bolalarda katta taassurot qoldirganiga aslo shubhamiz yo‘q.