26.04.2021 61

O’zJOKU va ITSM hamkorligi

Bugun, 26-aprel kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ikki tomon o‘rtasida tuzilgan ushbu hujjatga ko‘ra, hamkorlik xalq ta’limi sohasini yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan va istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish, ularni ommaviy axborot vositalari va Internet nashrlarda keng yoritib borish, tomonlar ishtirokida turli tadbirlar tashkil etish, ta’lim tizimiga innovatsion g‘oyalar va yangi tashabbuslarni tatbiq etishga yo‘naltirildi.

Universtitet rektori Sherzodxon QUDRATXO‘JA ITSM bilan ijodiy hamkorlik qilish maqsadida universitetning malakali, salohiyatli kadrlari bilan ta’minlashda amaliy yordam berishini, hamkorlikni keng doirada yo‘lga qo‘yish, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tadbirlarni zarur bo‘lsa, kengaytirilgan chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Memorandum doirasida Markazning ish faoliyati yo‘nalishlari hamda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi innovatsion loyihalarini yoritish, talabalar uchun tanishtiruv va malakaviy amaliyot, stajirovka o‘tashni tashkillashtirish, kelgusida ularni ish bilan ta’minlash masalalari ko‘zda tutildi.

Bo'lishmoq: