22.09.2023 501

O‘zJOKUda “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida darslar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorida “Huquqiy savodxonlik oyligi”ni o‘tkazish hamda oylik doirasida tashkil etiladigan tadbirlarda “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusiga alohida e’tibor qaratilishi va 2023-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlarda ayollar, bola va yoshlar huquqlari masalalari qamrab olinishini ta’minlash belgilangan va bu bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqarilgan.

Ushbu vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston juranlistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida darslar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarda talabalarga mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash borasida qilinayotgan islohotlar, kelgusidagi rejalar va belgilangan vazifalar, bu borada yangilangan Konstitutsiyadagi normalar haqida ma’lumot berildi.

Bo'lishmoq: