25.12.2022 267

O‘zJOKUda Yevroosiyo ot sport federatsiyasi mehmonda

Ot sporti haqida nimalar bilasiz?

Ot sporti xalqaro federatsiyasi — FEI (1921-yil tuzilgan) 100 ga yaqin mamlakat milliy federatsiyalarini birlashtiradi. Oʻzbekiston ot sporti federatsiyasiga 1993-yilda aʼzo bo‘lgan.

Kuni kecha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi va Yevroosiyo ot sporti assotsiatsiyasi vakillari ishtirokida tanishuv-uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ekspertlarga O‘zJOKUda sport jurnalistikasi yo‘nalishida talabalarga dars mashg‘ulotlari olib borilishi bo‘yicha ma’lumotlar aytib o’tildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan universitet rahbariyati hamda Yevroosiyo ot sporti assotsiatsiyasi vakillari tomonidan mamlakatimizda ot sportini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha rejalar kelishildi.

Mazkur kelishuvga asosan, 2023-yilda talabalar uchun Press tur tashkil etilishi ham ta’kidlandi.

Bo'lishmoq: