14.09.2021 684

O‘zJOKUdan Michigangacha juda yaqin! Tanlovda qatnashing!

Siz AQSHda bo‘lishni va 2 hafta mobaynida Michigan universitetida soha bo‘yicha malaka almashishni istaysizmi? Unda tanlovda ishtirok eting!

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektorining “AQShning Michigan davlat universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida oktabr – noyabr oylarida 2 hafta muddatga Michigan davlat universitetiga safarga yuborish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra universitetda assosiy shtatda 1,5-2 yil davomida ishlab kelayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va doktorantlar orasida tanlov e’lon qilinadi. Talabgorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

– Ingliz tilini erkin suhbatlashish darajasida bilishi;

– Mehmon ma’ruzachi sifatida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va O‘zbekiston OAV borasidagi islohotlar, O‘zbekiston ta’lim tizimi haqida ingliz tilida ma’ruza qilishi;

– OAV va nodavlat notijorat tashkilot vakillariga taqdimot qilishi inobatga olgan holda tayyorgarlik ko‘ra olishi;

Talabgorlar o‘zlari haqidagi ma’lumotni joriy yilning 18-sentyabriga qadar O‘zJOKUning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga yoki +998911651156 raqami orqali bog‘langan holda taqdim etishlari so‘raladi.

Bo'lishmoq: