Xabaringiz bor, Toshkent shahridagi har bir oliy ta‘lim muassasasiga bir qator umumta‘lim maktablar biriktirilgan edi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - maktablar sharoiti bilan yaqindan tanishib chiqish va ularni chuqur tahlil qilish. Agar maktab sharoiti qoniqarli darajada bo‘lmasa, biriktirilgan oliygoh imkon qadar yordam berishi ko‘zda tutilgan.
O‘zJOKU rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ham Toshkent shahrida joylashgan bir qator maktablarda bo‘lib, maktablar faoliyati, o‘quvchilar hayoti bilan tanishib chiqishgan edi. Bugun esa 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori rahbarligida o‘qituvchi va o‘quvchilar universitetga kelishdi. Mehmonlarga O‘zJOKU faoliyati, an’analari, qadriyatlari, professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumot berildi.
Qolaversa, maktab vakillari universitet tele va radiostudiyasini ham ko'zdan kechirishdi. 10-va 11-sinf o‘quvchilari universitet hayoti qanday bo‘lishi, qanday fanlar o‘qitilishi kabi qiziqarli savollarga javob olishdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, yaqin fursat ichida universitet va maktab o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.