O‘zJOKUning "Mediadizayn" yo‘nalishida yozma imtihon qanday o‘tdi?
Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining "Mediadizayn" yo‘nalishiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu bosqichda abituriyentlar biletda mavjud bo‘lgan mavzulardan birini tanlab, insho yozishdi. Imtihon boshlanishidan oldin universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev nutq so‘zlab, barcha abituriyentlarga omad tiladi. Birinchi bosqichda abituriyent maksimal 89 ball to'plash imkoniga ega.
2020-2021-o‘quv yili uchun "Mediadizayn" yo‘nalishiga 109 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lsa, ulardan 9 nafari turli sabablarga ko‘ra imtihonda ishtirok etmadi.
Eslatib o‘tamiz, imtihonning ikkinchi bosqichi kunning ikkinchi yarmida Toshkent davlat Agrar universiteti binosida bo‘lib o‘tadi.
Bu yil O‘zJOKUda ijodiy imtihon faqat "Mediadizayn" yo‘nalishida o‘tkazilmoqda.
Bizni kuzatib boring! Batafsil ma’lumotni keyingi postlarimizda berib o‘tamiz!