Mamlakatimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni katta shodiyona bilan keng nishonlanmoqda. Mana shu ayyom bilan barcha jurnalistlarni muborakbod etaman. Haqiqat va adolat yoʼlida qalam tebratayotgan jurnalistlarni ijodiy parvoz tark etmasin.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yoʼllagan tabrigida Oʼzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti alohida tilga olingani bizga bildirilgan katta ishonchdir. Bu esa oʼz ustimizda yanada koʼproq ishlashimiz va izlanishimizni talab etadi. Аlbatta, faqat nazariy bilimlar bilan biz yuqori natijaga erisha olmaymiz. Biz sizlar bilan birgalikda, amaliyot bilan bogʼlangan xolda ishlasak, qoʼyilgan maqsadga erishishimiz mumkin.
Alisher Matyakubov