27.02.2019 1138

O'zLOKUda “YuNESKO” ning dasturiy va informatsion kommunikatsiyalar bo‘limi mutaxassisi janob Elton Grizzel bilan, “Media va informatsion savodxonlik” mavzusida master-klass o‘tkazildi.

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “YuNESKO” ning dasturiy va informatsion kommunikatsiyalar bo‘limi mutaxassisi janob Elton Grizzel bilan, “Media va informatsion savodxonlik” mavzusida master-klass o‘tkazildi.

Axborot texnologiyalarning rivojlanishi oqibatida
odamlar virtual olamga tez va oson kirib keldi. Virtual olam bizni shu qadar o‘rab olganki, uning izmidan chiqib ketishimiz oson emas. Kuniga milliardlab odamlar ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar a’zosi bo‘lyapti, axborot joylayapti, axborot almashyapti, daqiqa emas, soniya sayin axborot yog‘ilyapti. Axborotni to‘g‘risini noto‘g‘risidan ajratishi uchun esa bizda mediasavodxonlik etishmayapti. Bugun bir axborotning ortidan boshqa bir axborot ongimizni egallayapti. Axborotga nisbatan esa hali xamon aksariyat odamlarda immunitet yo‘q. Bu axborot xuruji degani. Immunitet qachon paydo bo‘ladi, qachonki mediasavodxonlik bo‘lsa.
Shu maqsadda bugun YuNESKOning informatsion kommunikatsiyalar bo‘limi mutaxassisi frantsuz Mr. Elton Grizzel "Media va axboriy savodxonlik" mavzusida talabalarga master-klass o‘tdi. U axboriy jamiyatda insonlarning axborot oqimiga tushib qolmasliklari uchun media va axborotning o‘zaro farqlari, ularni saralashda insonlarda ayniqsa yoshlarda mediasavodxonlik etishmasligi, yolg‘on axborot va uning oqibatida sodir bo‘ladigan oqibatlar haqida so‘z yuritdi. "Inson mediasavodxon bo‘lishi uchun unga bir kun emas balki yillar kerak bo‘ladi"- deydi Elton Grizzel. Jurnalist jamiyatga axborotni oddiy, aniq va dalillar orqali ko‘rsatib berishi, jurnalistikaning to‘rtinchi hokimiyat sifatida faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi kerakligini ham fikrlar bildirdi.

Bo'lishmoq: