O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi rebrendingi munosabati bilan poytaxtimizda bo‘lib turgan mamlakatimizdagi turli viloyatlar ommaviy axborot vositalari vakillari kuni kecha O‘zJOKUda bo‘ldilar.
Mehmonlar jurnalist yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, universitetning teleradiostudiyalari, coworking markazi, e’tiborga sazovor zonalari bilan tanishdilar.
Ularni universitetda rektor Sherzodxon Qudratxo‘ja sayr qildirib, barcha obyektlardan bemalol foydalanishlari mumkinligi, studiyalar ham ularning doimiy xizmatida ekani va butun mamlakat jurnalistlari oldida turgan asosiy vazifalarni amalga oshirishda birlashishlari lozim ekanini ta’kidlab o‘tdilar.
Mehmonlar a’lo kayfiyat va katta taassurotlar ila O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi tarkibiga kiruvchi boshqa OAV lar bilan tanishish uchun yo‘l olishdi.