23.04.2022 1513

O‘zMU Jurnalistika fakulteti talabalari O‘zJOKUda

Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti talabalari O‘zJOKUda mehmon bo‘lishdi.

Milliy universitet talabalari noodatiy dars tashkil etish uchun Jurnalistika universitetiga taklif etilgan edi. Talabalar ushbu dars bahonasida universitetning barcha e’tiborga sazovor hududlarini tomosha qildilar.

Open air zonalari, tele va radio studiyalar, co-working markaz, hayvonot burchaklari va mobil muzeylar ularda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular o‘zlari tahsil olayotgan ta’lim muassasasi va O‘zJOKUning ta’lim jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar borasida o‘qituvchilari bilan fikr almashdilar.

Ayniqsa, Jurnalistika fakultetida tahsil olayotgan Afg‘onistonlik talabalar universitet bilan yaqindan tanishishga, uning faoliyatini ko‘proq o‘rganishga bo‘lgan istaklarini yashirmadilar va ularga alohida tushuntirishlar, o‘zlari qizziqan sohalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Ular o‘z yurtlarida O‘zJOKU haqida maqola chiqarish istagida ekanlarini ta’kidlagan holda, ulkan taassurotlar bilan ortga qaytishdi.

O‘zJOKU jurnalistikaga qiziquvchi yoshlarni ular qaysi OTM talabasi bo‘lishlaridan qat’iy nazar doim qabul qilishga va soha bo‘yicha kerakli bilimlarni berishga tayyor ekanini bildiradi!

Bo'lishmoq: