25.09.2021 480

Ozod Sharofiddinov hujjatli filmining taqdimoti

Kuni kecha O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Kinomatografiya agentligi hamkorligida tasvirga olingan O‘zbekiston xalq qahramoni, adabiyotshunos, tarjimon, essenavis Ozod Sharofiddinovga bag‘ishlangan hujjatli film taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot avvalidan universitet jamoasi va rahbariyati ishtirokida Adiblar hiyoboni joylashgan Ozod Sharofiddinov haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. So‘ng hiyobonning boshqa qismida taqdimotning asosiy qismiga o‘tildi.

Marosimda san’at olamining taniqli vakillari, rejissiyorlar, madaniyat va san’at arboblari bilan bir qatorda adibning oila a’zolari, universitet rahbariyati va jamoasi ham ishtirok etishdi. Yig‘ilganlar adib haqida iliq hotiralarni yodga olishdi, birgalikda o‘tgan qiziqarli voqealarni eslashdi.

Tadbir avvalida O‘zJOKU rektori professor Sherzodxon Qudratxo‘ja ham so‘zga chiqib, adib haqida ko‘plab ijobiy fikrlarni, aytib: “Biz bugun film ko‘rish uchun 5 ta savol bilan kelgan bo‘lsak, o‘zimiz uchun yanada yangi ma’lmotlarni kashf qilib, 105 ta savol bilan uyga qaytishimiz lozim, chunki Ozod akaning hayot yo‘li o‘ylashimiz va o‘ylanishimizga arziydi” deya o‘z so‘zlarini yakunladi.

Darhaqiqat, film taqdimotidan so‘ng yig‘ilganlar katta taassurot va ko‘plab o‘y hayollar, ijobiy fikrlar bilan qaytishdi deya olamiz. Bu kabi filmlar o‘zbek kinomatografiyasi, adabiyoti va albatta, jurnalistikasiga ham o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadi.

Film ijodkorlari va hamkorlarini yangi muvaffaqiyatli hujjatli film bilan tabriklaymiz. Ishonamizki, ushbu film tomoshabinlar va tadqiqotchilar uchun atoqli adibning hayot yo‘lini o‘rganishda asos bo‘lishga arzirli material bo‘lib xizmat qiladi!

Bo'lishmoq: