Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Mirzayeva Nargiza Abdukaxarovnaning Jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha “Bolalar jurnalistikasining kommunikativ va kontekstual xususiyatlari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati quyidagilardan iborat:
Unda chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalar bolalar jurnalistikasi mediamadaniyatning o‘ziga xos bir qismi ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, bolalar nashrlari materiallari tili, uslubi va janriy xususiyatlarini yoritishga hamda bolalar nashrlarining yosh avlod psixologiyasiga ta’siri muammolariga yechim topishga xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati amaliyotchi-jurnalistlar, oliy o‘quv yurtlari talaba va magistrantlari uchun bolalar jurnalistikasi hamda bolalar nashrlari tili va uslubi bo‘yicha o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda, shuningdek, ixtisoslashgan matbuot nashrlari bo‘yicha maxsus kurs o‘tkazishda foydalanilishi bilan belgilanadi.