Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Markaziy Osiyo mintaqalari, MDH va Janubiy Kavkaz mamlakatlari bo‘yicha ekspert, Islomobod (Pokiston) global va strategik tadqiqotlar markazi kengashi a’zosi Doktor Mehmud ul-Hasan mehmon bo‘ldi. O‘zbekiston prezidenti saylovi jarayoniga kuzatuvchi sifatida kelgan ekspert universitet bilan tanishib, rektor Sherzodxon Qudratxo‘ja bilan O‘zbekistondagi siyosiy jarayonlar, saylov va saylovdan keyingi vaziyat haqida samimiy suhbat qurdi.