09.06.2021 759

PR bo‘yicha jurnalist talabalar o‘rtasida Respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida jamoatchilik bilan aloqalar sohasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlarining jurnalistika fakultetlari talabalari o‘rtasida Respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda 10 nafar (O‘zJOKUdan 6 nafar, O‘zDJTUdan 3 nafar, TDSHUdan 1 nafar) ishtirokchi o‘zlarining taqdimoti va PR bo‘yicha yangi g‘oyalari bilan qatnashdilar. Tanlov ishtirokchilarini O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, prorektorlar, fakultet dekanlari, universitet professor o‘qituvchilari va Zoom platformasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova,   “O‘zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati rahbari Mastura Xaitovalar baholashdi. Tanlov g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash marosimi yaqin kunlarda universitetda bo‘lib o‘tadi.

Bo'lishmoq: