25.01.2020 1300

Prezident murojaatiga munosabat

Kuni kecha O'zbekiston tarixida uchinchi marotaba davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo'llagan navbatdagi murojaat uchrashuvi bo'lib o'tdi. Tadbir davomida jamiyatimizning quyi pog'onasidan boshlab to yuqori qatlamdagilarning ichidagi muammo va kamchiliklarigacha birma-bir to'xtalib o'tildi.

Ayni damda Xalqaro press-klubning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yoʼllagan Murojatnomasiga bagʼishlangan sessiyasi "Oʼzbekiston 24” teleradiokanali orqali jonli efirda uzatilmoqda.
Ko'rsatuvda Oʼzbekistonning 2020-yil uchun rejalari qanday, islohotlarning bu yilgi bosqichida qaysi sohalar ustuvor boʼladi, murojaatda qanday muammolar yechimiga eʼtibor qaratildi, kabi savollar o'rtaga tashlanmoqda.

Sodiq Safoev - Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʼrinbosari:

- Kechagi murojaatda katta intellektual potensialga ega fikrlar ilgari surildi. Uning zamirida ilm-ma'rifatga asoslangan ulkan rejalar mujassam etilgan, desam adashmayman. So'nggi uch yil mobaynida barcha sohada ko'plab ishlar amalga oshirildi. Ularning barini tahlil etgan holda ushbu murojaat davlatimiz rivojida yangi bosqichga ko'tarilish zamirini yaratdi.
Yana bir xulosam shuki, barcha sohadagi kamchilik va muammolarga to'xtalib, ularning yechimi borasida ham fikrlar aytib o'tildi. Davlatimiz rahbari barchani birgalikda, hamjihat holda ish olib borishga chorladilar. O'ylashimcha, o'rtaga tashlangan muammolarning munosib tarzda yechim topishida prezident jamoasining o'rni katta.
Prezidentning komandasi esa bu - butun xalqimizdir.

Аkmal Saidov - Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikerining birinchi oʼrinbosari:

- Davlat rahbarining xalqqa murojaati ilk bor 800 yil avval Angliya parlamentida boshlangan. Hozirgi davrda esa murojaat usuli taraqqiy topgan davlat sifatida Amerikani aytishimiz mumkin. Bu yaxshi rivojlangan demokratik institut hisoblanadi.
Kechagi murojaatini tashkil etish bo'yicha O'zbekiston yetarli tajriba to'pladi, desam adashmayman. Bu borada eng birinchi masala sifatida, qayerda so'zga chiqilishining belgilanishi hisoblanadi. Masalan, Fransiyada Versal saroyida, Rossiyada Kreml binosida o'tkaziladi. Yangi O'zbekistonni qurish borasida ko'plab ishlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda bu yilgi murojaatning yangi qurilgan Kongresslar zalida bo'lib o'tganligida ham o'ziga xos mazmun-mohiyat bor, deb o'ylayman.
Murojaatni tashkil etishning yana bir muhim jihati, unda kimlar ishtirok etishi masalasidir. Kechagi jarayonda juda katta auditoriya qamrab olindi: jami 250 nafar Senat va Oliy majlis deputatlaridan tashqari 8000 ga yaqin mahalliy kengash vakillari ham jonli va video-selektor tarzda murojaatni kuzatib borishdi. Tashkiliy jihatdagi keng qamrovli auditoriyaning uchrashuvda qatnashuvi xalqqa yaqin bo'lishni ta'minlashdagi muhim yondashuv bo'ldi, deb ayta olaman.

Jamshid Qoʼchqorov - Bosh vazir o'rinbosari, Moliya vaziri:

- Murojaatnomada kambag'allikni qisqartirish masalasi ham o'rtaga tashlandi. Ularning soni 4-5 mln, statistik ma'lumotlar bo'yicha esa jami aholining 11%idan oshig'ini tashkil etadi. Bu borada avval bir loyiha ishlab chiqilgandi. Nomi "Aholining farovonligini yanada oshirish" edi, go'yoki "bizda kambag'allar yo'qdek".

Kambag'allikni bartaraf etishda bosh me'zon yalpi ichki mahsulotni o'stirish orqali ko'rsatkichlarni kamaytirish hisoblanadi.
Mavjud miqdor ko'paytirilmasdan o'rtada taqsimlanar ekan, aholi hech qachon boy bo'la olmaydi ya'ni birovga ijtimoy nafaqa yoki "pasobya" berish bilan bu ko'rsatkichlarni ozaytirib bo'lmaydi. Ushbu masalada tadbirkorlik saloyihatini oshirish, ilm-u ma'rifatni yuksaltirish orqali samarali natijaga erishish mumkin. Negaki, qo'lida kasb-hunari, zahirasida ilmi bor inson hech qachon ko'chada qolmaydi, ishsiz bo'lmaydi, moddiy jihatdan o'zini-o'zi bemalol ta'minlay oladi.

Аbdulaziz Komilov - O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vaziri:

- Kechagi murojaatda tashqi siyosatga tegishli belgilab berilgan yo'nalish biz uchun asosiy ishchi dasturi hisoblanadi. Davlatimiz rahbari "Qo'shnilar bilan munosabatlarda ochiq, progmatik yo'nalishda faoliyat yuritamiz", - deya ta'kidlab o'tdilar. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi vaziyatga alohiga e'tibor qaratildi. Bu muhim masala, desam adashmayman. Qo'shni davlatlar bilan ikki tomonlama aloqani yo'lga qo'yishning amaliy dasturlarini rejalashtirishni ko'rib chiqayabmiz.
Yana bir muhim masala - integatsiya. U globallashuv sharoitida muhim jarayon hisoblanadi. O'zbekiston bundan chetda turishi kerak emas. Hozirda Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga davlatimizning qo'shilishi ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Biz tashkilot dasturining qaysi qismiga qo'shilamiz, qaysi jarayonlarida ishtirok eta olamiz va ittifoqning qay bir jihatidan manfaatdor bo'la olishimiz mumkin, kabi savollarga yechimlarni ko'rib chiqayabmiz.

Sodiq Safoev - Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʼrinbosari:

- Xalqaro munosabatlar haqida gapirar ekanmiz, kecha davlatimiz rahbarining xalqaro transport masalasiga to'xtalib o'tganligini aytib o'tishni joiz deb bilaman. Bu borada tranzit yo'llarini ko'paytirish, dunyoga yopiq "unclub" siyosat yuritadigan davlatlar bilan transport masalasida aloqani yo'lga qo'yish lozim, deb o'ylayman.

Ruslan Davletov - O'zbekiston Respublikasi Аdliya vaziri:

- Kechagi uchrashuvda halollik vaksinasi haqida fikr yuritilib, uning nima ekanligi, qanday ishlab chiqilishi lozimligi haqida ham aynan murojaatnomaning o'zida aytib o'tildi. Bu borada eng muhim jihat, shaffof hamda ochiq ruhdagi sog'lom raqobatni ta'minlash, deb bilaman. Shunda hech qanday korrupsiya jarayonlariga yo'l qo'yilishiga hojat qolmaydi.

Studiyada yaqinda saylangan yangi deputatlar ham o'z-fikr mulohazalarini bildirib o'tmoqdalar. Jarayon hali davom etayabdi...

Diyoraxon Nabijonova
O'zJOKU talabasi

Bo'lishmoq: