15.12.2022 474

PRning zamonaviy mediamuhitdagi o‘rni

Bugun “Jamoatchilik bilan aloqalar” kafedrasi tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Mavzu esa “Kommunikatsion menejment va digital PR-texnologiyalari: muammolar hamda zamonaviy mediamuhitda rivojlanish istiqbollari”.

Konferensiyada PR sohasi vakillari, yurtimizning ushbu soha bo‘yicha kadr yetkazib berayotgan oliy ta’lim mussasalari, xorijiy mutaxasislar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Ilmiy-amaliy konferensiyada mutaxasislar zamonaviy mediamuhitda axborot almashinuvining va global oʻzgarishlarning jadallashuvi, yangi raqamli texnologiyalarning PR amaliyotga kirib kelishi sharoitlarida kommunikatsiya jarayonlarini samarali boshqarish borasida fikr almashishdi.

Bo'lishmoq: