19.12.2022 265

Professorning darsi qanday o‘tdi?

Professorning darsi qanday o‘tdi? Har doimgi seminarlardan nimasi bilan ajralib turadi?

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja 1-bosqich talabalariga “Mintaqashunoslik” fanidan seminar darsini o‘tib berdi. Professor o‘tgan haftada BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakili bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida TFR ya’ni (total fertility rate) Umumiy tug‘ilish darajasi haqida talabalarga o‘z mulohazalarini aytib berdi.

O‘tgan darslarda talabalarga vazifa qilib berilgan Zbignev Bjezinskiyning “Buyuk shaxmat taxtasi” bestseller asari muhokmasi hamda ushbu asar yuzasidan savol-javoblar bo‘ldi.

Professor talabalarga kerakli maslahatlar berib, har bir talabaning fikri, takliflarini o‘rganib chiqdi.

Bo'lishmoq: