O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Yunusobod tumani hokimligi hamda Oila va xotin qizlar bo‘limi hamkorligida “Oqila ayollar” harakatining “Qadriyatlar qadrlangan yurt” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir doirasida universitet hovlisida tumandagi tadbirkor va hunarmand xotin — qizlar tomonidan milliyligimizni namoyish etuvchi buyumlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda shuningdek, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nodira Umarova, tajribali psixolog, olima “Oqila ayollar” harakati a’zosi Jamila Shermuxamedova, taniqli san’atkorlar hamda tuman va universitetning faol xotin-qizlari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti talabalari tomonidan tadbirda milliy liboslar ko‘rgazmasi, qo‘shiq va raqslarga boy konsert dasturi ham namoyish etildi.
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nodira Nigmatullayevna tadbir yakunida doimiy hamkorlik uchun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja va universitet Xotin-qizlar kengashiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.