07.07.2024 536

Qadrli abituriyentlar, kasbiy (ijodiy) imtihon javoblarini bilishga shoshiling!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida. 6-iyul kuni bo‘lib o‘tgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning natijalari e’lon qilindi.

Ijodiy imtihonlar bo‘yicha to‘plangan ballarni ushbu havola orqali abituriyent ID raqamini kiritgan holda bilib olishi mumkin.

O‘zJOKU rasmiy sahifalarida ijodiy imtihon javoblari e’lon qilingan vaqtdan o‘z natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar qabul komissiyasiga 24 soat ichida yozma ariza shaklida appelyatsiya tartibida murojaat qilishlari mumkin.

Appelyatsiya uchun murojaatlar 24 soatdan kechikkan holatlarda komissiya raisi tomonidan rad etiladi. Appelyatsiya arizasini universitet hududiga kelib yozish kerak. Jarayonda faqat yozma insholar yuzasidan murojaatlar ko'rib chiqiladi.

Barcha abituriyentlarga universitet jamoasi nomidan test imtihonlarda muvaffaqiyat tilab qolamiz!

Murojaat uchun tel: 71 207 09 05 uzjoku.uz

Bo'lishmoq: