17.11.2021 455

“Qalampir.uz” asoschisi bilan uchrashuv

Bugun O‘zJOKUda “Qalampir” informatsion sayti asoschisi Qamariddin Shayxov bilan talabalar uchun master-klass tashkil etildi. Butunjahon talabalar kuni munosabatida bilan tashkil etilgan uchrashuvda jurnalist o‘zining ijod yo‘li, muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizliklari, bugungi kunda jurnalist uchun kerakli bilimlar nimalardan iborat ekani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Yig‘ilgan talabalar mehmonga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etib, javoblar olishdi.

Bo'lishmoq: