Kecha 38 yoshida Qashqadaryo OAV milliy assotsiyatsiyasi MChJ rahbari, yosh va iqtidorli jurnalist Bekzod Nazarov olamdan o‘tdi.
Bekzod Nazarov O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti sirtqi bo‘limining 2-kurs talabasi edi. Universitet professor-o‘qituvchilari uni ko‘p e’tirof etishardi, bugun ham universitet jamoasi marhumni yaxshi gaplar bilan eslayapti:
“O‘tgan yozda men sirtqi yo‘nalishining 1-kurs talabalariga darsga kirgan edim. Birinchi qatorda madaniy kiyingan, gaplari ma’noli bor yigit o‘tirar edi. O‘sha bilimli va keng fikrli bola Bekzod Nazarov edi”, - dedi filologiya fanlari doktori, professor Muxtor Xudoyqulov.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.