09.02.2022 371

“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun, 9-fevral kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Imzolangan memorandumdan ko‘zlangan maqsad 2 tashkilot o‘rtasida – madaniy sohada, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.
Memorandumga ko‘ra, muzey xodimlari va mutaxasislarini o‘quv va ilmiy dasturlar, ilmiy izlanishlar va loyihalar olib borishga jalb qilish, shuningdek qatag‘on qurbonlari to‘g‘risida universitetning bakalavr bosqichida, magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talaba-magistrlari, ilmiy izlanuvchilari, doktaronatlari va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, ochiq darslarni o‘tkazish belgilab olindi.

Bo'lishmoq: