O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kuni kecha harbiy jurnalistika bo‘yicha qayta tayyorlov kursi bitiruvchilariga diplom va ko‘krak nishoni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qayta tayyorlov kursida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning axborot xizmati xodimlari universitetning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan 4 oy davomida jurnalistika sohasi bo‘yicha o‘qitildi.
Marosimda universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja ham ishtirok etib, qayta tayyorlov kursi bitiruvchilarini samimiy qutlab, universitetda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash va harbiy jurnalistika bo`yicha bakalavr bosqichida tahsil olayotgan yoshlarga ham kelgusida mahorat darslari o‘tkazishlari haqida ham fikrlarini bildirib o‘tdi.
Barcha bitiruvchilarni universitet jamoasi nomidan qutlab, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!