Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Qirg‘izistondagi Manas qirg‘iz-turk universiteti rektori, professor Alpaslan Ceylan keldi.
Mehmon O‘zJOKUda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Xususan, Alpaslan Ceylan tele va radio studiyalarlarda bo‘ldi. O‘zJOKU va Qirg‘iziston-Turkiya Manas universiteti rektorlari ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatish yuzasidan kelishib olishdi.
Ma’lumot: Universitet QS dunyo universitetlari reytingida 801-oʻrinni, Turkiya universitetlari reytingida 7-oʻrinni egallagan. Oliygoh Turkiya Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida 1995-yil 30-sentabrda imzolangan shartnoma bilan tashkil etilgan maxsus maqomga ega davlat universitetdir.