Qadrli, O‘zJOKU talabalari! Uyingizda bo‘lsangiz hali yo‘lga chiqmang!
Mamlakatimizdagi iqlim sharoiti va elektr energiya bilan bog‘liq holatlarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida qishki ta’til muddati 22-yanvargacha uzaytirildi.
Sessiya ham “masofadan bo‘lsin” deganlar uchun yangilik, o‘quv rejaga muvofiq dars mashg‘ulotlari tugagani uchun yakuniy imtihonlar, albatta, o‘quv jarayoni boshlangan kundan boshlab offline rejimda start oladi. Xullas, darslar boshlanishi bilan sessiyalar sizni kutmoqda.
Yotoqxonaga 22-yanvardan kelib joylashish imkoniga egasiz.
Salomat bo‘ling.