05.12.2022 245

Qishki ta’til qachondan boshlanadi?

Salom qadrli talabalar, birinchi qor bilan tabriklaymiz!

Qishning ajoyib tarovati sizni tark etmasligini tilab, qishki ta’til haqidagi yangilikni sizga yetkazmoqchimiz. Demak: rasmiy manbalarning xabar berishicha, talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar etib belgilandi.

Havo hafta davomida sovuq bo‘lishi kutilmoqda, issiq kiyinishni unutmang!

Bo'lishmoq: