O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "Qizlar tarbiyasi - jamiyat ko'rki" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
Master-klassning spikeri sifatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Ma'rifat kengashi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova nutq so'zladi.
Asrlar davomida ayol - uy o'chog'i bo'lib kelgan. Shubhasiz, hozirgi kungacha, ushbu fakt faktligicha qoladi. Shu bilan birga, hozirgi kunda ayol boshqa statuslarga ham egadir. U nagaqat uy ishlari, balki kasbiy ishlar bilan ham mashg'ul.
Ammo qaysi kasbni egallamasin, qiz bola yoshligidan beri oilaning naqadar qadrliligini tushunib kelishi kerak, o'zida tolerantlikni shakllantirib, o'zini namunali va orasta tutishi lozim. Darhaqiqat, bu kabi fazilatlar o'zbek qizlariga munosibdir.
Universitetimiz talaba qizlari o'zlarini o'ylantiradigan savollarni berib, ularga munosib javob oldilar. Uchrashuvdan bo'lgan rasmlar bilan sizlar bilan bo'lishamiz!
Muallif: Rushana Aliakbarova
Fotograf: Sherzod Tursunxodjayev