24.02.2023 379

Qodirxonova boshchiligidagi ishchi guruh O‘zJOKU mehmoni

Bugun Oliy Majlis senati a’zosi, senator Malika Qodirxonova boshchiligidagi ishchi guruh universitetda mehmon bo‘ldi.

Ishchi guruh talabalar uchun o‘quv binosi va TTJ da yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

Dastlab, kutubxonaning yangi binosidagi adabiyotlar bilan tanishib, ARM xodimlariga o‘z savollari bilan yuzlandi. Shu bilan birga kutubxonaning zamonaviyligiga alohida aksent qaratildi.

Undan so‘ng ishchi guruh talabalar turar joyida bo‘lib, yotoqxonaning 2-qavatida istiqomat qiluvchi qizlar bilan suhbatlashishdi. Qizlarning qonunchilikdagi xotin-qizlar uchun yangiliklardan xabardor ekanligini so‘rab, ulardan takliflar so‘rashdi.

Yosh jurnalist sifatida talabalar ham jarayonlarda faol ishtirok etishdi.

Bo'lishmoq: