19.07.2021 75

Qozog‘iston Respublikasida o‘qish uchun imkoniyat!

Qozog‘iston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi qoshidagi Boloniya jarayoni va akademik mobillik markazi O‘zbekiston uchun 2021-2022-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura va doktorantura yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olish uchun stipendiyalar tanlovini e‘lon qiladi.

Mazkur stipendiya va grantlar tanlovida respublika oliy taʼlim muassasalari ilmiy xodimlari, o‘qituvchi va talabalari uchun ishtirok etishlari mumkin.
Yuqorida keltirilgan tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalar va barcha zarur hujjatlarni 2021-yil 20-iyul(20-kuni ham)dan kechiktirilmagan holda onlayn tarzda quyidagi elektron manzilga taqdim etishlari kerak: admission@n-k.kz.

Qo‘shimcha maʼlumot bilan 8 10 (7172) 287526 telefon raqami orqali bog‘lanish hamda www.enic-kazakhstan.kz havolasi orqali tanishish mumkin.

Shoshiling, bu tanlov hayotingizda yangi sahifa ochilishiga sabab bo‘lishi mumkin!

Bo'lishmoq: