24.07.2023 257

Qutlov

Bugun Prezidentimiz muborak 66 yoshni qarshi oldilar! Universitet professor-o‘qituvchilari jamoasi, bakalavr talabalar va magistrlar, doktorantlar nomidan ularni qutlab, mamlakat rivoji uchun amalga oshirayotgan mehnatlarini chin dildan qadrlashimiz va bu yo‘lda ularga doimo yordamchi bo‘lishga tayyor ekanimizni izhor etamiz.

Prezidentimiz faoliyatlarining ilk kunlaridan buyon mamlakat jurnalistlari, qalam ahli va shu soha mutaxassislari uchun jon kuydirib, ularning erkin faoliyatlari uchun barcha sharoitlarni yaratdilar.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ham 2018-yil Davlatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan tashkil etilganidan faxrlanamiz.

Sizga sog‘lik-salomatlik va kuch-quvvat, ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz, janob Prezident!

Bo'lishmoq: