“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
xalqaro fan olimpiadalari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan talabalar;
“Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik tanlovlarining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar;
OTM talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar.