30.01.2022 904

Rasmiy bayonot

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing o‘z talabalariga yuborgan ovozli xabari tarqaldi.

Ovozli xabar universitet jamoasi va talabalari o‘rtasida universitetga tegishli mavzularda fikr almashish, turli masalalarni muhokama etish maqsadida, rektorning shaxsiy taklifi bilan ochilgan “Talaba murojaati” Telegram guruhidan olingan.

Muhimi shundaki, bu xabar rektor va talabalar o‘rtasidagi turli mavzular bo‘yicha bo‘lgan bir necha soatlik katta suhbat kontekstidan yulib olingan. Pandemiya sababli onlayn ta‘limga o‘tilganidan so‘ng rektor deyarli har kuni talabalarga motivatsiya berish va ularni bo‘sh o‘tirmaslikka, o‘z ustlarida ishlashga undash maqsadida turli suhbatlar uyushtirib, o‘z maslahatlarini berib borgan.

Jurnalist hamkasblarimiz va blogerlardan obyektiv bo‘lishni va mavzu maqsadini burib yuborgan holda jamoat fikrini to‘g‘ri bo‘lmagan ma’lumotga qaratmasliklarini so‘ragan bo‘lardik.

Bo'lishmoq: