01.04.2023 379

O‘zJOKUda shanba kunida qo’yilgan darslar bo‘yicha izoh

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ish kuni rasman 6 kunlik bo’lib, bu Jamoat shartnomasida ko’rsatib o‘tilgan. Bunda professor-o‘qituvchilarning bayram kunlaridagi dam olish kunlari hech qaysi kunga majburiy mehnat sifatida ko‘chirilmagan va jalb qilinmagan.

Oliy ta’lim muassalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 4-bob 15-bandi 3-xatboshiga binoan, talaba bir semestrda 30 kredit hajmdagi fanlarni o‘zlashtirishi nazarda tutilgan. O‘quv rejada bir semestr davomiyligi 15 hafta etib belgilangan. Kreditlarni to‘liq qoplanishi va talabalarning o‘zlashtirilmay qolgan kreditlarini qoplash hamda bahorgi semestrni 1-iyulga qadar tugashini inobatga olib, professor-o‘qituvchining dars berish soati to‘liq bajarilishi hamda ularning mehnat ta'tili 5-iyuldan 26-avgustga qadar belgilanganligi sababli ish kuni hisoblangan shanba kunlariga dars jarayonlari tashkil qilingan. Shu bilan birga, Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bob 41-bandiga asosan fanga ajratilgan auditoriya soatlarining talabalar tomonidan o‘zlashtirlish monitoringi professor-o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan muntazam olib boriladi.

Bo'lishmoq: