Bugun, 31-mart O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti talabalari ishtirokida “Referendum-2023: «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida yangilanayotgan Konstitutsiya targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tanishtiruv tadbirida Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti dekani Akbar Nurmatov yangilanayotgan Qomusimiz mazmun-mohiyati, yangi tahrir loyihasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar borasida ma’lumot berdi.