Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 30-aprel referendum kuni arafasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuvda so‘zga chiqqanlar referendum tushunchasi, uning huquqiy asosi, yurtimizda o‘tkaziladigan ushbu siyosiy tadbirlarning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritdilar.
Tadbirda yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlar, unda o‘z ifodasini topgan huquqiy me’yorlar va qadriyatlar xususida ham so‘z bordi.