24.05.2023 318

Rektor nutqidan

— To‘g‘risini aytaman, 5 yil mobaynidagi faoliyat oson kechgani yo‘q. Avvalo, talabalar uchun zarur sharoitlarni yaratishimiz talab etilardi. Yangi universitet qurilishi uchun poytaxt markazidan ya’ni tarixiy Qashqar mahallasi, hozirgi Markaz 5 dan bino tanlab olindi. Joylashuv haqiqatan ham qulay edi. Ikki yillik faoliyatimizdan so‘ng pandemiya boshlandi. Ammo biz qisqa fursatlarda mutasaddi tashkilotlar, hamkasblar, homiylar yordami bilan bugungi davr talablariga mos, axborot kommunikasiya texnologiyalari bilan jihozlangan, mutlaqo zamonaviy bino qad rostlashi uchun tinmay mehnat qildik.

O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja

Bo'lishmoq: