27-mart, shanba kuni, soat 13:30 da “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga qadar har bir guruhdan 3 nafardan vakil-delegatlar saylanadi. Hamda guruhlar kesimida saylangan delegatlar o‘z guruhi nomidan ishtirok etadi va o‘z taklif-tashabbuslarini shaxsan universitet rektoriga aytishlari mumkin.
Hurmatli talabalar! Universitet rektori sizni eshitishga tayyor.
Ochiq muloqotga universitet prorektorlari, dekanlar va bo‘lim boshliqlari ham ishtirok etishadi.