09.06.2021 852

Safar Ostonov vafot etdi

“O‘zbekiston ovozi” gazetasi bosh muharriri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, ustoz Safar Ostonov 73 yoshida vafot etdi.
Safar Ostonov 1948-yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, 1972-yilda Toshkent davlat universitetini jurnalistika yo‘nalishida tamomlagan. 1990-yillarda “Sport” va “O‘zbekiston futboli” gazetalarida bosh muharrir, keyinchalik O‘zbekiston prezidenti apparatida maslahatchi lavozimida ishlagan.
1999-yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Marhumning yaqinlariga, oila a’zolariga, do‘stlariga universitetimiz nomidan hamdardlik bildiramiz.

Bo'lishmoq: