13.12.2020 664

Senator va talabalar uchrashuvi

12-dekabr kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida siyosiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Navbatdagi mehmonimiz Oliy Majlis Senatiining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo'mitasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Cho‘lliyev bo‘ldi. Internet-jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar fakultetining Siyosatshunoslik yo‘nalishi talabalari uchun mehmon “Inson huquq va erkinliklarini kafolatlashda konstitutsiyaning roli” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida senator qonunlar ijrosi, sud-huquq tizimi, korrupsiyaga qarshi kurashishda Senat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berdi.

Shuningdek, ma‘ruzachi jurnalistika va siyosatning bir-biriga bog‘liq jihatlari, so‘z erkinligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Ma’ruzadan so‘ng mehmon talabalar bilan ochiq suhbat tashkil etdi. Unda universitet yoshlari Shuhrat Asqarovichga juda ko‘p savollar bilan murojaat qilishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga aniq faktlarga asoslangan javoblarni ham olishdi.

Bo'lishmoq: